✦ Yangiliklar ✦
Yangiliklar
+4 rasm
12.02.2026
No
Tadbir davomida o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlar va mobil telefonlardan to‘g‘ri, maqsadli hamda xavfsiz foydalanish bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi 🌐 Xususan, internetda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish 🔐, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ⏳, soxta axborotlardan ehtiyot bo‘lish ⚠️ hamda onlayn muloqot madaniyatiga rioya etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida zararli odatlar — alkogol va spirtli ichimliklar iste’moli , tamaki mahsulotlarini chekish hamda boshqa salbiy illatlarning inson organizmiga zararli ta’siri haqida tushunchalar berildi. Mutaxassis tomonidan bunday odatlarning yurak-qon tomir tizimi nafas yo‘llari 🫁 va asab tizimiga salbiy ta’siri ilmiy asosda tushuntirildi.